Fransiyada mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlar ma'lum bo'ldi

9 apr 2019, 08:51
Fransiya futbolchilarining kasaba uyushmasi Liga 1’da mart oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga da'vogarlarni e'lon qildi.

Unga ko'ra ushbu nomga Mario Balotelli (“Marsel”), Mussa Dembele (“Lion”) va Kilian Mbappe (PSJ) da'vogar sifatida ko'rsatildi.

Ma'lumot uchun, Balotelli mart oyidagi 4 ta o'yinda 4 ta gol urdi. Dembele va Mbappe esa 4 ta o'yinda 5 tadan gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia