Fransiya chempionati. Mbappening gollari PSJning yirik g'alabasini taminladi

8 okt 2018, 02:17
Fransiya chempionatining 9-turida PSJ o'z uyida “Lion”ni qabul qilib, javobsiz beshta gol urishga erishdi.

Uchrashuvda Neymar penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe 13 daqiqa ichida to'rtta gol kiritib, jamoasining yirik g'alabasini taminladi.

Shu tariqa PSJ Fransiya chempionatida qatorasiga 9-g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa, “Lion” qatorasiga to'rt uchrashuvdan buyon g'alaba nimaligini bilmayapti (2 durang, 2 mag'lubiyat).

O'xshash yangiliklar