Fransiya chempionati. Fabregasning goli “Monako”ga g'alaba keltirdi va boshqa natijalar

3 fev 2019, 08:23
Fransiya chempionatining 23-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Autsayderga aylanib ulgurgun “Monako” o'z maydonida “Tuluza”ni qabul qilib, nihoyat g'alabaga erishdi. Bahsda rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin hisobni ochgan bo'lsada, tanaffusga qadar Kristofer Jyulen muvozanatni tikladi. 62-daqiqada monegasklarning yangi a'zosi Sesk Fabregas gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi.

Natijda “Monako” chempionatda olti uchrashuvda buyon davom etayotgan g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. Jamoa turnir jadvalida 19-pog'onadan  bir pog'ona tepaga yuqoriladi.

Franciya chempionati

23- tur

Monako – Tuluza 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar:1:0 – 15 Golovin, 1:1 – 20 Jyulen, 2:1 – 62 Fabregas.

Monako – Subashich, Sidibe, Glik, Badiashile, Ballo, Fabregas, Jemerson, Jelson Martinsh (Adrien Silva, 72), Golovin (Nkudu, 77), Roni Lopesh, Falkao (Vinisius, 84).

Tuluza –Rene, Diakite, Jyulen, Sedzi, Silla, Manu Garsiya (Jan, 79), Sangare, Durmaz (Bostok, 71), Dossevi, Leyya-Iseka, Gradel.

Ogohlantirish:Ballo (9), Gradel (45), Diakite (50), Silla (60), Jemerson (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia