"Fiorentina" rossiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi

3 iyul 2020, 21:41
Moskvaning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Alfredopedulla.com xabariga ko'ra, 24 yoshli xavbekning YCHL guruh bosqichida "Yuventus" darvozasiga urgan goli italyan klublarining diqqatini tortgan. Ulardan biri Florenciyaning "Fiorentina" jamoasi hisoblanadi. "Binafsharanglilar" allaqachon Miranchukka taklif bilan chiqishga ulgurgan, ammo muzokaralarning keyingi taqdiri haqida hozircha ma'lumot berilgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: Alfredopedulla.com