

"Avvaliga shuni aytmoqchimanki, jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o'tkazish mening taklifim emas. FIFA Kongressi a'zolarining 88 foizi, jumladan, aksariyat Yevropa davlatlari bunday islohotning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun ovoz berdi.
Biz jiddiy tadqiqot olib bordik, sport nuqtayi nazaridan jahon chempionati har ikki yilda bir marta o'tkazilishi mumkinligini ko'rsatdi. Bu holatda terma jamoalar uchun o'yinlar kamroq bo'ladi, ammo emociyalarga boy o'yinlarga ko'proq guvoh bo'lamiz. Yevropa chempionatini ham har ikki yilda bir marta o'tkazish mumkin.
Italiya jahon chempionatlarida tez-tez o'ynaydi va bu turnir sport nuqtayi nazaridan mamlakatga kuchli ta’sir o'tkazadi. Ammo ko'pgina mamlakatlarda bunday imkoniyat yo'q, chunki turnirda bor-yo'g'i 32 ta jamoa ishtirok etadi.
100 yil muqaddam jahon chempionati har to'rt yilda bir marta o'tkazilishi qaror qilingan edi. O'shanda futbol faqat dunyoning 40 mamlakatida - Evropa va Janubiy Amerikada o'ynalgan. Bugungi kunda bizda 200 dan ortiq terma jamoalar mavjud. Bu holat hisobga olinishi kerak.
Bu loyiha iqtisodiy tarafdan barcha uchun ijobiy ta’sir o'tkazadi", - dedi Infantino.



