

FIFA klublarga Jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilari uchun 200 mln dollardan ortiq pul to'lab beradi. Jahon chempionatiga futbolchi jo'natgan klub har bir futbolchisi uchun kuniga 10 ming dollardan pul oladi.
FIFA umumiy miqdorda klublarga 209 mln dollar to'laydi. Angliya klublari eng ko'p miqdordagi pulni olishadi: 37,41 mln dollar.
"Man Siti" esa FIFAdan 5 mln dollar miqdorida pul oladi. Bu klublar orasidagi eng yuqori ko'rsatkichdir.



