Falkao yangi jamoasi bilan shartnoma imzolash uchun "Monako" qarorgohini tark etdi

Mirjalol Normatov
1 sen 2019, 10:59
"Monako"ning sobiq sardori faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkao yaqin vaqtlarda "Galatasaroy" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda turk klubi tvitteri ma'lumot berdi.

33 yoshli forvard 2013 yilda "Atletiko"dan 43 million evro evaziga "Monako"ga o'tgandi. Ushbu vaqt davomida u "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi klublar ijarada o'ynadi.

O'tgan mavsumda u "Monako" tarkibida 39 o'yinda qatnashib, 16 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/galatasaraysk