Falkao jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
7 noya 2021, 19:49
"Rayo Valekano" forvardi Radamel Falkao jarohatlandi.

35 yoshli kolumbiyalik "Real"ga qarshi o'yinda 69-daqiqada zaxiradan tushirildi. 7 daqiqa o'tib, gol urdi va 81-daqiqada jarohat tufayli yana almashtirildi. 

Ispaniya OAVning xabar tarqatishicha, hujumchi son qismini shikastlab olgan. Uning tiklanish muddati hali noma'lum.

Falkao La Liga joriy mavsumida 8 o'yinda 5 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS