Falkao “Real” safida bo'lish uchun, kamroq maosh olishga ham rozi

Tolibjon Qosimov
1 iyul 2014, 16:47
“Monako” hujumchisi Radamel Falkao yangi mavsumni “Real” safida boshlamoqchi.
“Qirollik klubi” Fransiya klubiga rasmiy taklif bilan murojaat qilmagan bo'lsada, futbolchining o'zi agentidan “Real”ga o'tish uchun barcha ishni qilishni so'radi. Falkao “Real” safida bo'lish uchun, 14 million evro bo'lib turgan maoshidan kamroq olishga ham rozi.

Eslatib o'tamiz, “Monako” rahbariyati Falkao borasida yaxshi taklif tushsa, uni “Real”ga qo'yib yuborishga tayyor.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com