Fabregas: "Kosta mening golli uzatmalarimni sog'inib qolgan"

Aziz Tukhtamuradov
11 fev 2015, 20:30
Chelsining ispaniyalik futbolchisi Sesk Fabregas yaqin orada maydonga qaytishiga umid qilmoqda.
"So'nggi vaqtlarda maydonga tusha olmadim. Shu sababli oilam davrasida ko'p vaqtimni o'tkazdim. Endi esa ishga kirishish vaqti keldi. Hech qanday og'riqni his qilmayapman. Maydonga tushishga tayyorman. Ammo, qarorni bosh murabbiy qabul qiladi.

Diego ikkimiz maydonga tushishni sog'indik. O'yinni maydon tashqarisidan turib kuzatish juda g'alati. Kosta ham maydonga qaytishni istamoqda. Unga mening golli uzatmalarim yetishmayapti", - deydi Fabregas.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru