"Eybar" - "Sevilya" uchrashuvi vaqtida tribuna panjarasi sinib ketdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
30 sen 2018, 01:18
"Eybar" hamda "Sevilya" o'rtasidagi LaLiganing 7-tur uchrashuvida "Munisipal de Ipurua" arenasidagi tribuna panjaralaridan biri sinib tushdi.

Panjara Ever Baneganing golini nishonlayotgan "Sevilya" muxlislari vaznini ko'tara olmadi.

20-30 kishi maydonga quladi, hakam o'yinni 8 daqiqa to'xtatib turishga majbur bo'ldi. Ikki jamoa shifokorlari hamda stadion tibbiy xodimlari shikastlanganlarga yordam ko'rsatishdi.


Ushbu jamoalar o'rtasidagi uchrashuv 3:1 hisobida "Sevilya"ning g'alabasi bilan yakunlandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca