Yevropa klublari JCH-2026 ishtirokchilari soni oshirilishiga qarshi

Aslanov Jasurbek
15 dek 2016, 14:47
Yevropa klublari 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirilishiga qarshi.

Oldinroq FIFA prezidenti jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32 tadan 48 taga oshirishni taklif qilgan edi. Bu tizimni 2026 yildagi mundialda sinovdan o'tkazishmoqchi, ammo ushbu g'oyaga bazilar qarshi.

Yevropa klublari Assotsiatsiyasi vakillarining so'zlariga ko'ra, mavsum davomida o'tkaziladigan o'yinlar soni ko'payib ketgan. Shu sababli ijro qo'mitasi bu qarorga qarshi va Janni Infantinoga ishtirokchilar sonini oshirmaslikni so'rab xat yuborgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com