Yevropa chempionatlari. Qaysi terma jamoa keyinchalik chempionlik unvonini himoya qila olgan?

Aziz Tukhtamuradov
21 may 2016, 20:00
Yevropa chempionatlariga oid faktlar bilan tanishtirishda davom etamiz.


Bilasizmi? Yevropa chempionatlari tarixida faqatgina Ispaniya terma jamoasi kelasi turnirda chempionlik unvonini himoya qila olgan. "Qizil furiya" futbolchilari 2008 yilgi qita chempionatida chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsalar, oradan 4 yil o'tib Polsha va Ukraina maydonlarida bo'lib o'tgan Yevropa chempionatida ham g'oliblikni qo'lga kiritganlar va chempionlik unvonini saqlab qola olganlar.

Eslatib o'tamiz, ispaniyaliklar Fransiyada bo'lib o'tadigan Yevropa chempionatida ham ishtirok etadilar va chempionlikni qo'lga kiritsalar ketma-ket uch marta chempion bo'lga ilk terma jamoaga aylanadilar.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia