Eto′Oning "Inter"ga o'tishi qanday ro'y bergandi?

17 may 2020, 23:46
Milanning "Inter" klubi sobiq hujumchisi Samyuel Eto′O 2009 yilda Joze Mourinyu uni qanday qilib "Barselona"dan "neradzurrilar" safiga ko'chib o'tishga ko'ndirganini yodga oldi.

"Mourinyu meni chindan ham ishontira olgandi. U menga "Inter"ning to'qqizinchi raqami aks etgan libos fotosuratini yubordi va shunday yozdi: "U seniki, u seni kutyapti".

Keyinroq Materacci ham menga xabar jo'natdi: "Agar "Inter"ga o'tsang, biz hamma narsani yutib olamiz".

Faoliyatim davomida bunaqasi bo'lmagandi. Ushbu xabarlar mening yakuniy qarorimda juda muhim rol o'ynagan", – dedi Kamerun futboli afsonasi La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Eto′O Milan klubi sharafini 2009-11 yillarda himoya qilib, Italiya chempionati, kubogi, YCHL va klublar o'rtasidagi JCHda zafar quchgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport