Marko Materacci Shomurodov haqida gapirdi

Alisher
10 sen 2021
"Inter" va Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marko Materacci afsonalar Kubok o'yinlari oldidan "Roma" forvardi Eldor Shomurodov haqida gapirdi.

- "Roma"ning yangi o'yinchisi Eldor Shomurodov. Uning imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Uning o'yinini oldinroq ham ko'rganman - menimcha, u juda va juda yaxshi futbolchiga aylanishi mumkin. Uning hozirda jamoani his qilish, jumladan Temmi Abraxam bilan o'ynashi mumkinligi muhim. Yakshanba kuni ["Sassuolo"ga qarshi] ular hujumda birga tushishlari mumkinligini eshitdim. Hozirda ular maydonda bir-birlarini almashtirishmoqda, ammo, ishonchim komilki, katta o'yinchilar birgalikda o'ynashlari kerak.

- "Roma" va Shomurodov Mourinyu bilan top-darajaga chiqadimi?

- Menga ishoning, Joze doim ajoyib o'yinchilarni tanlaydi. Endi ular chempionlik sari birgalikda harakat qilishlari kerak.


AlisherMuallif
Manba: matchtv.ru