Marko Materacci: "Zlatan o'zini eng zo'ri deb hisoblaydi, lekin unday emas"

Mirjalol Normatov
15 noya 2024, 07:24
Sobiq futbolchi Marko Materacci sobiq hujumchi Zlatan Ibragimovichni eng kuchli hujumchilardan biri deb hisoblamaydi.

"U bilan umuman gaplashmayman, hammamizning o'z hayotimiz bor. Maydonda bo'layotgani esa maydonda qolib ketadi.

Zlatan o'zini doimo eng yaxshisi deb hisoblagan, biroq u men uchun yaxshi saviyali hujumchi. Ha, u ko'plab sovrinlarni yutdi, lekin ular unchalik qadrli va qimmatli emas. Unga katta turnirlar - YCHL, Evro va Jahon chempionati kabi turnirlardagi sovrinlar yetishmaydi.

Ha, odamlar uni eng yaxshilardan biri bo'lgan deb eslashadi. Lekin u Ronaldu va Messi darajasida bo'lmagan", - dedi Materacci.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Italian Football Podcast