ESPN. Yilning eng yaxshi markaziy hujumchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
1 dek 2021, 08:25
Amerikaning sportga ixtisoslashgan televizon kanali ESPN bir qator yo'nalishlar bo'yicha yilning eng yaxshilarini aniqladi.

Unga ko'ra, “Bavariya” a'zosi Robert Levandovski 2021 yilning eng yaxshi markaziy hujumchisi nomini qo'lga kiritdi. U 2020 yil ham ushbu nominaciyada tengsiz deb topilgandi.

Ovoz berish jarayoni 77 ekspert o'rtasida o'tkazildi va ularning orasida jurnalistlar hamda sobiq futbolchilar bor edi. 

TOP-10:

1) Robert Levandovski ("Bavariya", o'tgan yilgi reytngda ham yetakchi);

2) Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund, 2);

3) Karim Benzema ("Real", 3);

4) Romelu Lukaku ("Inter"/"Chelsi", 5);

5) Xarri Keyn ("Tottenxem", 4);

6) Luis Suares ("Atletiko", o'nlikda emasdi);

7) Lautaro Martines ("Inter", o'nlikda emasdi);

8) Chiro Immobile ("Lacio", 7);

9) Aleksander Isak ("Real Sosedad", o'nlikda emasdi);

10) Zlatan Ibragimovich ("Milan", o'nlikda emasdi).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN