

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Makedoniya terma jamoasi chap qanot vingeri Lyupche Dorievga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Muzokaralar hal qiluvchi bosqichda. Ikkala tomon kelisha olsa, 27 yoshli Doriev faoliyatini "So'g'diyona"da davom ettiradi.
Ma'lumot uchun, Lyupche Doriev hozirda Makedoniyaning "Shkendiya" klubida faoliyat olib bormoqda. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi 600 ming evro hisoblanadi. Doriev chap qanotdan tashqari, o'ng qanotda yoki hujumchi ortida ham harakat qilishi mumkin.



