Eron klubi "Nasaf" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2024
Eronning "Traktorsozi" klubi yangi mavsum oldidan o'z tarkibini jiddiy ravishda kuchaytirmoqchi.

Yaqindagina Eron terma jamoasi asosiy darvozaboni Alirizo Beyranvand "Traktorsozi"ga o'tishi haqida xabarlar chiqqandi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Tabriz klubi O'zbekiston milliy terma jamoasi va Qarshining "Nasaf" klubi himoyachisi Sherzod Nasrullaevga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Nasrullaev bu mavsum "Nasaf" tarkibida barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli pas berdi. O'zbekiston terma jamoasida bugunga qadar 20 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

"Traktorsozi"ga tez orada Zinedin Zidanning "Real Madrid"dagi yordamchisi David Bettoni bosh murabbiy bo'lishi kutilmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia