Enrike: "Barselonani boshqa klub uchun tark etayotganim yo'q, dam olishim kerak"
Aslanov Jasurbek
4 apr 2017, 20:14
Oldinroq joriy mavsum oxirida "Barselona"ni tark etishini e'lon qilgan Kataloniya klubi bosh murabbiyi Luis Enrike dam olmoqchi ekanini aytdi.
"Barselona - mening uyim, klub va futbolchilar bilan munosabatlarim juda yaxshi, hech qaerga o'tmoqchi emasman. Maqsadim San-Lorenso sohili. Agar Barselonani tark etsam, buni boshqa klub uchun qilmayman. Dam olishim kerak" - deydi mutaxassis.