Endi Moyes Xartni zaxira o'rindig'iga o'tkazib qo'ymoqchimi?

Aziz Tukhtamuradov
3 dek 2017, 19:29
Vest Xem bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa posboni Jo Xartning o'yinini tanqid qildi.

"Men "Everton"ga qarshi o'yinda Xartning qilgan ishlaridan norozi bo'ldim. Uning o'ziga ham aytdim bu haqida. Bunday vaziyatda to'pni yaxshisi tribuna tomonga tepib yuborish kerak. 

Joning o'yini men aytganimchalik yomon emas. Unda ijobiy tomonlar ham bor. Lekin, men kutganimchalik emas.

Tarkib tanlayotganda biz stabillikka e'tibor qaratamiz. Ammo, o'yinda nimadir yomon chiqayotgan bo'lsa o'zgartirishlar qilish kerak bo'ladi. Maydonga asosiy tarkibda tushayotganlar bunga loyiq ekanligini isbotlashi lozim bo'ladi. Adrian ham o'z imkoniyatini oladi. 

Bazi o'yinlarda esa bizga birdaniga ikkita darvozabon kerak bo'lib qolmoqda", - dedi Moyes.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, agar Xart "Vest Xem"da asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'yadigan bo'lsa, JCH oldidan Angliya terma jamoasida ham zaxiraga o'tirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: hitc.com