"Everton" Moyesga yangi shartnoma taklif qiladi

28 mar 2026, 17:43
"Everton" bosh murabbiy Devid Moyes bilan kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmoqda.

2025 yilning yanvarida 62 yoshli shotlandiyalik “ko'klar” bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi, o'shanda jamoa APL jadvalida xavfli zonadan bir ochko oldinda edi.

Joriy mavsumda 31-turdan keyin mersisaydliklar Chempionlar Ligasi zonasidan 3 ochko ortda qolgan holda sakkizinchi o'rinda bormoqda.

Yozda "Everton" Moyes bilan yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazadi va klubdagilar murabbiyning bunga rozi bo'lishiga ishonishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Guardian