Elguja Grigalashvili: "Qizilqum" bilan shartnomam tugadi, O'zbekistonda qolishni istayman"

Narzulla Saydullayev
20 dek 2018, 22:05
"Qizilqum" klubining gruziyalik hujumchisi Elguja Grigalashvili "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.

Ushbu intervyu chog'ida futbolchi quyidagi ikki savolga ham javob berib o'tgan.

- Ko'pchilikni Grigalashvili yangi mavsumni qaysi klubda o'ynashi qiziqtirmoqda.
- Hozircha bu savolingizga javob qaytara olmasam kerak. Chunki bir to'xtamga kelganim yo'q, ammo bundan keyin ham O'zbekistonda qolishni xohlayman.

- "Qizilqum" bilan tuzgan shartnomangiz nihoyasiga etdimi?
- Ha, o'rtadagi bitim yakuniga etgan, - deydi Elguja Grigalashvili "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia