Eldor Shomurodov: "Ispaniyani mag'lub eta olmagan bo'lsak ham, yomon o'ynamadik"

Абдулвосит Бектемиров
24 iyul 2024, 21:06
O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Parij-2024dagi tarixiy debyutidan so'ng terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida

- Birinchi o'yinni yomon o'tkazmadik. Raqibimiz ham kuchli edi. Kichik xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik deb o'ylayman.

- Olimpiya o'yinlaridagi tarixiy golimizga muallifli bo'ldingiz. Bu keyingi uchrashuvlarda jamoamizga dalda bo'la oladimi?

- Asosiy maqsadimiz - guruhdan chiqish. Ispaniyani mag'lub eta olmagan bo'lsak ham, yaxshi o'yin o'tkazdik. Kuchimiz teng bo'lgan raqiblarga qarshi o'yinlarimiz bor. Oldindagi ikkita uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.


O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia