YCHL. "Arsenal" bu yil ham finalga chiqadimi?!

Tolibjon Qosimov
7 dek 2016, 13:07
Kecha YCHLning to'rt guruhida guruh bellashuvlari yakuniga etdi.

Angliyaning "Arsenal" jamoasi "A" guruhida to'rt g'alaba va ikki durang bilan birinchi o'rinni egalladi. Londonliklar oxirgi 10 yilda ilk marotaba YCHL guruh bosqichini mag'lubiyatsiz tugatishdi. So'nggi bor Arsen Venger shogirdlari 2005-2006 yilgi mavsumda guruhdan mag'lubiyatsiz chiqishgan. Qizig'i, o'shanda "kanonirlar" finalga qadar mag'lubiyatsiz yetib borgan va faqat finalda "Barselona"dan 1:2 hisobida engilgan.

"Arsenal" bu mavsum ham finalgacha yetib bora oladimi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia