

Venger yaqinda o'zining tarjimai holini e'lon qildi. Shundan keyin jurnalistlar Mourinyudan kitobda u haqida so'z bormaganiga munosabat bildirishni so'rashdi (bir paytlar ikkala murabbiy boshqaruvidagi jamoalar - "Chelsi" va "Arsenal" o'rtasidagi raqobat futbol olamining muhim voqeliklaridan biri bo'lardi). Portugaliyalik mutaxassis esa quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Nega u meni tilga olmagan? Chunki u meni hech qachon mag'lub etolmagan. Agar 12 yoki 14 o'yindan birortasida ham g'alaba qozona olmagan bo'lsangiz, bunga kitobdagi bir bobni bag'ishlagan bo'larmidingiz? Xo'sh, nega u buni qilishi kerak? Kitob – bu sizni xursand qiladigan, biron bir yutuq bilan faxrlantiradigan narsadir. Shu sabab bu holatni yaxshi tushunaman".
Ma'lumot uchun, ular o'zaro 18 marta to'qnash kelishgan. Shulardan 9 tasida Joze Mourinyu, 2 tasida Arsen Venger g'alabani tantana qilgan, 7 ta bahsda durang qayd etilgan.

"Bu unda bo'lgan doimiy provokaciyalardan biri. O'zimni bolalar bog'chasidagidek his qilyapman, ammo bu Mourinyu shaxsiyatining bir bo'lagi", - dedi Venger Canal+ efiri vaqtida.



