Diyor Imomxo'jaev: "Superliganing 10 ta klubi yil so'ngida bosh murabbiysiz qoladi"

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2021, 11:56
5 iyul kuni bizda yozgi transfer oynasi ochiladi.

"Jamoalar bunda hech bo'lmasa 2022 yilni ko'zlab futbolchilar bilan shartnoma imzolashlari mumkinmi?

Savolga javobni izlash uchun quyidagi faktni taqdim qilaman. Shu yil so'ngida "Metallurg", "Paxtakor", "Surxon", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Qo'qon-1912", "Nasaf", "Turon", "Andijon" kabi Superliga klublari hamda "Olimpik", "Yangier", "Dinamo", "Sho'rtan", "Xorazm" kabi Pro liga klublari bosh murabbiysiz qoladi. "Oqtepa" va "Buxoro"da murabbiy masalasi chalkash.

Yani, 23 ta professional klubning 17 tasida bosh murabbiy va rahbariyatning kelasi mavsum uchun rejasi deyarli mavhum. Bu esa katta ehtimol bilan yozgi transfer yurishlariga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi.

Holat yuzasidan xulosa chiqarish uchun biz bilgan Yevropa klublari bu masalada qanday ishlashini o'rganib chiqishning o'zi kifoya", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia