Diego Maradona: Infantino – sotqin. Futbol orqali boyishni o'ylamaydigan inson prezident bo'lishi kerak

Narzulla Saydullayev
27 fev 2016, 08:08
Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi va murabbiyi Diego Maradona FIFA yangi prezidenti Janni Infantinoni tanqid qildi.

Shaxzoda Ali va Shayx Salmon katta potencialga egalar, Infantino - sotqin. Uning sobiq boshlig'i ishdan haydaldi, u esa bemalol ishlashda davom etdi.

Qur'a jarayonida sharlarni aralashtiradigan odam FIFA prezidenti bo'lsa, demak - barchasi juda yomon.

Futbol va homiylar orqali boyishni istamaydigan odam FIFA prezidenti bo'lishi kerak, - deydi Maradona.

Eslatib o'tamiz, Infantino kecha Cyurixda o'tgan saylovda 115 ovoz bilan g'alaba qozondi. Uning asosiy raqobatchisi OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa 88ta ovoz oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ambito.com