Diego Kosta klublar o'rtasidagi JCH ishtirokchisi safiga o'tishi mumkin

Alisher
29 noya 2019, 10:45
"Atletiko" forvardi Diego Kosta jamoadan ketishi mumkin.

Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi yanvarda Braziliyaning "Flamengo" klubiga o'tishi mumkin.

Agar "Inter"ga tegishli Gabigolaning transferi amalga oshmay qolsa, klub 31 yoshli ispaniyalikni xarid qilishga urinib ko'radi.

Kosta joriy mavsum La Ligada 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, "Flamengo" Libertadores kubogini yutgan holda, klublar o'rtasidagi JCHga yo'llanma olgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal