Di Mateo: "Shalke-04" Xediraga muhtoj, u jahon darajasidagi futbolchi"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2015, 14:47
"Shalke-04" bosh murabbiyi Roberto di Matteo o'z jamoasi safida "Real" yarim himoyachisi Sami Xedirani ko'rmoqchi.

"U uchun "Shalke" eshiklari ochiq. Oltinchi raqamdagi futbolchi rolida bizga maydonni ko'ra oladigan, kuchli harakter va yetakchilik qobiliyatiga ega futbolchi kerak. Xedira - jahon darajasidagi futbolchi. Shu sababli ko'plab murabbiylar uni o'z jamoasida ko'rishni istagan. Men ham ularning safidaman" - deydi Di Mateo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com