Di Mariya: “Argentinaga qaraganda, Braziliyada ko'proq bosim bo'ladi”

Tolibjon Qosimov
4 iyun 2014, 11:57
Argentinalik futbolchi JCH-2014da o'z jamoasining imkoniyatlarini baholab o'tdi.
“O'tgan yili Braziliya Jahon chempionlaridan Konfederatsiyalar Kubogini yutib oldi va bu ularga qo'shimcha ishonch bag'ishlaydi, lekin bizga qaraganda Braziliyada ko'proq bosim bo'ladi.
Jahon chempionatida g'olib bo'lish qiyin va hamma bizni anchadan beri mundial finaliga ham yetib bora olmaganimizni bilishadi. Biz o'z imkoniyatlarimizdan unumli foydalanishimiz kerak, chunki bizda dunyodagi eng yaxshi klublarda o'ynaydigan eng yaxshi futbolchilar bor”, - deydi Di Mariya.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru