Del Boske: "Ispaniya terma jamoasidagi yosh futbolchilarning o'yinidan mamnunman"

Aslanov Jasurbek
30 may 2016, 11:41
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente del Boske shogirdlarining Bosniya va Gertsegovina ustidan qozongan g'alabasi (3:1) haqida fikr bildirdi.

"Ispaniya terma jamoasi birinchi bo'limda o'zini yaxshi his qildi va bahsda ustunlikka ega bo'ldi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida boshqaruv raqib qo'liga o'tdi va yomon o'ynadik. Tanaffusdan so'ng o'yin tenglashdi. Ispaniya terma jamoasidagi yosh futbolchilardan mamnunman, ular o'zidan kutilgan o'yinni ko'rsata olishdi" - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Bosniya va Gertsegovinaga qarshi bahsda "qizil furiya" safida Serxio Asenxo, Ektor Belerin, Mario Asensio va Denis Suares debyut qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana