De Bryuyne jarohatidan qutildi, u "Real"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin

Alisher
9 mar 2020, 16:18
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne maydonga chiqishga tayyor.

28 yoshli xavbek jarohatidan tiklandi va Chempionlar Ligasi va Angliya Kubogi doirasidagi o'yinlarda maydonga tushishi mumkin.

De Bryuyne kecha o'tkazilgan "Manchester Yunayted"ga qarshi derbini o'tkazib yubordi.

Belgiyalik futbolchi "Manchester Siti" tarkibida APLda joriy mavsum 26ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 16ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, "Siti" o'zining keyingi o'yinini 11 martda "Arsenal"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph