Davron Abdurahmonov: "Finalda uchta gol urish ajoyib natija"

Tolibjon Qosimov
16 okt 2015, 11:17
Futzal bo'yicha Assotsiatsiya kubogi-2015 da "Ardus" g'alaba qozondi.

Bu haqda xabar qilgan edik. Jamoaning "Olmaliq"qa qarshi o'tkazgan final o'yinida har uchchala golni raqib darvozasiga Davron Abdurahmonov kiritdi. Shu haqda o'yinchining fikrlari bilan qiziqdik.

- Murabbiy o'yinga qanday taktika tanlagan edi?
- Ko'proq pressingda o'ynashimizni uqtirgan edi. "Olmaliq"qa qarshi o'yin juda ham qiyin bo'lishini bilardik. O'yin qiziqarli tarzda o'tdi deya olaman, raqiblarimizda ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Ammo, omad bizga kulib boqdi.

- 3 ta gol urish ajoyibdir...
- Albatta, uchta to'p kiritganimdan juda ham xursandman. Final o'yinida 3ta gol urish bu ajoyib natija. Shu o'rinda jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman.

- Ayni paytda jismoniy jihatdan mavsumga tayyormisiz?
- Jismoniy tomonlama nafaqat men. balki butun jamoa mavsumga tayyor.

Davron Abdurahmonov va darvozabon Ravshan Eliboev


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia