“So'g'diyona" o'rtoqlik uchrashuvida Tojikistonning "Istiqlol" klubini mag'lubiyatga uchratdi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2018, 15:36
Bugun "So'g'diyona" klubi Toshkentda Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Bu haqda Jizzax klubi matbuot-xizmati e'lon qildi.

Dastlabki bo'lim yuqori  tepmda o'tdi. Jamoamiz futbolchilari bir qator havfli vaziyatlar yaratdi. O'yinning 24 daqiqasida Sardor Azimovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Bosh hakam tomonidan penalti belgilandi. Undan Shoxruz Norxonov unumli foydalandi. Birinchi bo'lim 1:0 jizzaxliklar foydasiga yakunlandi.

Ikkinchi bo'limda murabbiylar shtabi bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirdi. Bo'lim yanada shiddatli o'tdi. Raqib futbolchilari ham “So'g'diyona” darvozasi yonida bir qator havfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Biroq ulardan foydalanishda Tojikistonning futbolchilariga biroz omad yetishmadi. Ikkinchi bo'limning so'nggi 10 daqiqasini “So'g'diyona” yana faollikda o'tkazdi. Ikkinchi bo'limda zahiradan o'yinga qo'shilgan Izzatilla Abdullaev qanotdan ajoyib yurishni  amalga oshirib, Azamat Isroilov tomon to'pni ajoyib tarzda oshirib berdi. Qanot himoyachimiz esa vaziyatdan unumli foydalanib hisobni 2:0 ga etkazdi. Shu tariqa o'yin 2:0 hisobida Aleksandr Mochinov shogirdlarining g'alabasi bilan yakunlandi - deyiladi "So'g'diyona" matbuot-xizmati bergan xabarda.

“So'g'diyona” - “Istiqlol” (Tojikiston) 2:0

Gollar: Shoxruz Norxonov,Azamat Isroilov

So'g'diyona: Dilshod Xamroev, Sardor Qulmatov, Shoxrux Xolmatov, Toxir Shamshitdinov, Jahongir Abdumo'minov(s), Doniyor Xasanov, Alisher Ziyavuddinov, Sardor Azimov,  Farxod Miraxmatov, Shoxruz Norxonov,Azamat Isroilov

Zaxirada: Shirinboy Abdullaev, Ruslan Melziddinov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Izzatilla Abdullaev, Akmal Xolmurodov, Elyor Orifov, Umidjon Qodirov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia