

20 dekabr kuni Srnichek Ostravada yugurish mashqlarini bajarayotganda hushini yo'qotgandi.
Uning Chexiyadagi oilasi bilan gaplashdim. Uning yuragi to'xtab qolganini aytishdi. U o'ziga kelgani yo'q, – deydi o'shanda Srnichekning agenti Stiv Reyt.
Eslatib o'tamiz, Srnichek Chexiya terma jamoasi safida 1994-2001 yillarda 49ta o'yinda maydonga tushgan. U Evro-1996 kumush medali sohibi hisoblanadi.
Posbon Banik, Nyukasl, Sheffild Uensdey, Portsmut, Vest Xem, Breshiya, Kozenca va Beyra-Mar klublarida o'ynagandi.



