Chempionlar Ligasi finali Rossiyaning 27 shahridagi kinoteatrlarda namoyish etiladi. O'yinni Chyerdancev va Genich sharhlaydi

Omonjon To`xtamirzayev
25 may 2022, 13:03
Chempionlar Ligasi finali Rossiya kinoteatrlarida ko'rsatiladi.

"Match TV" "Liverpul" – "Real" o'rtasidagi bahsni mamlakatning 27 shahrida namoyish qiladi ("Match TV" saytidagi xabarda 26 shahar deb yozilgan, ammo 27 tasi sanab o'tilgan): Moskva, Sankt-Peterburg, Kaliningrad, Belgorod, Vologda, Voronej, Tula, Siktivkar, Ryazan, Nijniy Novgorod, Naberejnie Chelni, Stavropol, Sochi, Krasnodar, Murmansk, Saratov, Ulyanovsk, Samara, Ufa, Perm, Ekaterinburg, Surgut, Tyumen, Chelyabinsk, Bryansk, Lipeck va Tambovda.

Rossiyalik muxlislar uchun bu uchrashuvni Georgiy Chyerdancev va Konstantin Genich sharhlab borishadi. 

Eslatib o'tamiz, final 28 may kuni tunda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia