Chempionlar Ligasi 3-turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Alisher
25 okt 2019, 15:21
YCHL 3-turning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi.

Ushbu nomga "Manchester Siti" o'yinchisi Rahim Sterling munosib ko'rildi. Oldinroq, unga Aleks-Oksleyd Chemberlen, Kilian Mbappe va Paulo Dibalalar raqobat qilayotgan edi.

"Shaharliklar" 3-tur doirasida o'z uyida "Atalanta"ni qabul qildi. Dastlab mehmonlar 28-daqiqada Malinovskiyning penaltidan urgan goli evaziga hisobni ochishdi.

"Manchester Siti" o'yin oxiriga qadar bunga javoban italiyaliklar darvozasiga 5ta gol urishga erishishdi.

Jamoa hujumchisi Rahim Sterling esa 58, 64 va 69-daqiqalarda gol urgan holda xet-trikka erishdi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/UEFAcom_ru