

Londonning "Chelsi" jamoasi bazi futbolchilari bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning iste'foga chiqarilishini talab qilmoqda, deb xabar berdi HITC.
Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchilar 52 yoshli argentinalik murabbiyning joriy mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishini istashmoqda. Pochettino o'tgan yozdan beri "Chelsi"da ishlab kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" 28 ta o'yindan so'ng Angliya chempionatida 11-o'rinda bormoqda.



