"Chelsi": "Yangi xo'jayinlar murabbiyni almashtirish vaqti keldi deb hisoblashdi"

Sherzod Nurmatov
7 sen 2022, 14:34
Klub Tomas Tuxelning iste'fosi bo'yicha bayonot bilan chiqdi.

Sal oldin "Chelsi" 49 yoshli mutaxassis bilan hamkorlikni to'xtatganini ma'lum qildi.

"Chelsi"dagi barchaning nomidan klub Tomas va uning shtabiga ushbu davrdagi harakatlari uchun minnatdorlik bildiradi. Tomas Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi g'alabalar bilan haqli ravishda "Chelsi" tarixidan o'z o'rnini egallaydi.

Yangi egalar klub boshqaruvida 100 kun o'tkazishdi. Ular klubni oldinga siljitish uchun astoydil harakat qilishda davom etmoqdalar. Yangi xo'jayinlar murabbiyni almashtirish vaqti keldi deb hisoblashdi.

"Chelsi" murabbiylar shtabi jamoani bo'lajak o'yinlarga tayyorlash va mashg'ulotlarini o'tkazishni o'z zimmasiga oladi. Klub yangi bosh murabbiyni tayinlash yo'lida shiddat bilan harakat qilmoqda.

Yangi bosh murabbiy tayinlanmaguncha boshqa izoh berilmaydi", – deyiladi rasmiy bayonotda.

Tuxel "Chelsi" boshqaruviga 2021 yilning yanvarida kelgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com