Chelsi xitoylik futbolchini o'z safiga qo'shib oladi
Aziz Tukhtamuradov
28 avg 2015, 16:20
Chelsi Guanchjou Evergrand jamoasi himoyachisi Jan Linpengni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar qilmoqda L'Equipe.
"Men rasmiy taklif bo'layotganligidan judayam xursandman va hayajondaman. So'nggi 5-6 yilda ushbu orzuim ushalishi yo'lida harakat qildim va nihoyat Angliya Premer-Ligasi tomonidan taklif bo'lmoqda", - deydi 26 yoshli xitoylik futbolchi.