"Chelsi" va Tuxel shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
20 avg 2022, 15:52
"Chelsi" bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Florian Plettenburgning xabariga ko'ra, tomonlar shartnomani uzaytirishni muhokama qilishmoqda. Muzokaralar muvaffaqiyatli kechmoqda va ikki tomon kelishuvga erishishni xohlamoqda.

Nemis mutaxassisi bilan amaldagi bitim 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Tuxel 2021 yilning yanvaridan beri "Chelsi"ni shug'ullantirmoqda va bu vaqt davomida jamoa bilan Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/plettigoal