"Chelsi" sobiq futbolchisi Nunes "Liverpul"da o'ynashga tayyor emasligini aytdi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2022, 11:37
"Chelsi" va Irlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Toni Kaskarino Darvin Nunesning "Liverpul"dagi o'yinidan hayratda emas.

Yozda urugvaylik hujumchi "Benfika"dan "qizillar" safiga qo'shildi. Ushbu transfer "Liverpul"ga bonuslarni hisobga olmaganda 75 million evroga tushdi.

"U "Liverpul"da o'ynashga tayyor emas. Oxirgi yillarda jamoa barcha sovrinlar uchun kurashdi va ayni damda Nunes bu darajaga mos emas. Uning “Liverpul”da kelajagi yo'q, demoqchi emasman, lekin fikrimcha, hozir uni Klopp jamoasida eng yaxshi futboldan yiroq o'yin ko'rsatayotgan futbolchilar qatoriga qo'shish mumkin", – dedi Kaskarino.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport