"Chelsi" "Inter"ning 7 millionlik taklifini rad etdi
Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2022, 07:28
Londonning "Chelsi" klubi hujumchi Romelu Lukakuning ijarasi bo'yicha "Inter"dan taklif oldi.
Milanliklar 5 million evro + 2 million evro bonus ko'rinishidagi taklifni berishgandi. Biroq u "Chelsi" tomonidan rad etildi. "Inter" bu bo'yicha taklifni yaxshilashga tayyor.
Yaqin orada Lukakuning kelajagiga oydinlik kiritiladi.