"Chelsi" futbolchisi sochini ko'k rangga bo'yadi + FOTO

Tolibjon Qosimov
27 okt 2017, 21:27
"Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko dam olish kuni bo'lib o'tadigan tur o'yinidan oldin sochini bo'yadi.

Yozda 40 million funt evaziga "aristokratlar" safiga o'tgan Bakayoko yaqinda Premer-ligada birinchi golini ursa sochini ko'k rangga bo'yashini aytgan edi. U APL 8-turida "Kristal Pelas" bilan bahsda o'z hisobiga gol yozib qo'ydi va bugun sochlari rangini klub rangiga moslab bo'yadi.




O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk