"Chelsi" forvardi "Udineze"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 avg 2021, 20:12
"Udineze" London jamoasining albaniyalik hujumchisi Armando Broyaga qiziqmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Italiya klubi futbolchini bir mavsumga ijaraga olmoqchi. "Chelsi" bunga rozi bo'lishi mumkin, chunki yosh hujumchi hali asosiy tarkib a'zosiga aylanib ulgurmagan. 

19 yoshli Broya o'tgan mavsumni "Vitess"da ijarada o'tkazdi. U Niderlandiya jamoasi safida 34 o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Chelsi" bilan kelishuvi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano