"CA" va Yoshlar media markazi hamkorlikda yangi ko'rsatuv: "Mundial-2018"

Tolibjon Qosimov
24 iyul 2018, 19:04
Shu yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo'lib o'tdi.

Unda Dide Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Championat.asia sayti va Yoshlar media markazi hamkorlikda ana shu mundialga bag'ishlangan tahliliy ko'rsatuv tayyorladi. "Mundial-2018" nomli ko'rsatuvni ertaga, 25 iyul kuni "MY5" telekanalida 21:25dan boshlab tomosha qilishingiz mumkin. 26 iyul kuni 08:10da esa takroran namoyish etiladi.



25.07.2018
"MY5" telekanalida, 21:25da
"Mundial-2018" ko'rsatuvi

26.07.2018
"MY5" telekanalida, 08:10da takror
"Mundial-2018" ko'rsatuvi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia