"Buxoro"ning qarzi 6 mlrd, "Surxon" va "So'g'diyona"ga homiy, "Bunyodkor" akademiyasini o'z uyidan chiqarib yuborish to'g'risida...

Nadirkhuja Yuldashev
24 yanv 2019, 17:30
Bugun tahririyatimizga bir xat kelib tushdi. Unga ko'ra 17 yanvar kuni O'FA Vazirlar Mahkamasiga quyidagi talablar ilgari surilgan loyihani taqdim etgan va kun tartibidan quyidagi ishlar joy olgan:

Undagi muhim tomonlarni ko'rsatib o'tamiz. 5-bandda barcha viloyat akademiyalarini qayta rekonstrukuciyadan o'tkazish lozimligini qayd etilgan. "Buxoro" klubining qarziga oid 6-bandda esa "O'zbekneftegaz", "O'zneftmaxsulot" va Buxoro neftni qayta ishlash zavodi klubning 6 mlrd so'mdan iborat qarzini yopib berish topshirig'ini oladi. Keyingi qatorda "Surxon" mavzusi ko'tarilgan va "O'zbekgidroenergo" va "Navoiy KMK" klubning homiylari etib belgilanishi haqida gap borgan. Albatta Surxondaryo viloyatiga futbolni kirib kelishi katta yutuq.

Yana, 8-bandda "Asaka bank", "O'zbekiston temir yo'llari", "O'zbekiston havo yo'llari" esa "Qo'qon-1912" klubini moliyalashtirilishi to'g'risida so'z borgan. Keyingi bandda "So'g'diyona" klubi homiylari ko'rsatilganligini suratda ko'rishingiz mumkin. Agar bu klublar muqim homiyga ega bo'lsalar, Superligaga intriga olib kira olishlari aniq.

Afsuski 10-band kishini xursand qilmadi. Unda hali boradigan joyi yo'q bo'lgan "Bunyodkor" akademiyasini 10 kun ichida bo'shatib, Respublika akademiyasiga topshirish qayd etilgan. Hali Respublika akademiyasining mevasi qachon hosil beradi, bilmaymiz. Ammo tap-tayyor darahtni kesib tashlash to'g'risidagi jumla o'zbek futbolining zarariga ishlashi aniq.

11-band esa quvonarli, agar o'xshasa. Unda MTRK o'z bazasini 2ta zamonaviy KTS bilan boyitishi kerakligi aytilgan. KTS o'z navbatida VAR tizimini ham o'ziga mujassamlashtirishi kerak ekan.


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia