

Unda "Buxoro" klubi Bekoboddan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa buxoroliklar bu mavsumda ilk bor safardagi o'yinda 3 ochkoga ega bo'lishdi.
Bunga qadar safardagi 13ta o'yinda jamoa 3 marta durang o'ynagan va 10 bor yutqazgandi.
"Buxoro" so'nggi bor 2014 yilning 12 aprel kuni safarda g'olib bo'lgandi. O'shanda "So'g'diyona" 1:0 hisobida taslim qilingandi. Shundan keyin safardagi jami 24ta o'yinda "Buxoro" umuman g'alabaga erisha olgani yo'q.



