“Bunyodkor” - “Neftchi” uchrashuvida ishlamoqchi bo'lgan OAV vakillari diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
1 mar 2016, 15:30
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 5 mart kuni oliy liga 1-turi doirasida Farg'onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvni bevosita stadiondan yoritib borishni istagan OAV vakillari “Bunyodkor” matbuot xizmatining - media@fcbunyodkor.com elektron manziliga xabar qilishlarini so'raladi. Jurnalistlarni ro'yxatga olish 4 mart kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.

“Bunyodkor” - “Neftchi” uchrashuviga faqatgina “Bunyodkor” matbuot xizmatiga xabar yuborgan va O'zPFL akkreditatsiyasiga ega bo'lgan OAV vakillari kiritiladi.

Qo'shimcha ma'lumotlarni “Bunyodkor” matbuot xizmatidan olishingiz mumkin. Telefon: +998 71 230 40 59

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com